Samarqand va Toshkent orasidagi masofani endi atigi 2 soatda bosib o‘tish mumkin.

"Afrosiyob" poyezdi. Foto: Uzrailway.Uz

"Afrosiyob" poyezdi. Foto: Uzrailway.Uz

10-fevraldan boshlab Toshkent va Samarqand oralig‘ida qatnaydigan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi belgilangan masofani 2 soat 8 daqiqada bosib o‘tishni boshladi.

Bungacha poyezdlar poytaxtdan ko‘hna shaharga 2,5 soatda yetib borayotgan edi.

Samarqandga shoshilayotgan bo‘lsangiz, “Afrosiyob” chiptalari hozircha shunday baholanyapti: ekonom-klassdagi joy 50 ming so‘m, bizness-klassdagi joy 68 ming so‘m, VIP-klassdagi joy 97 ming so‘m.