Tojikiston va Turkmaniston Markaziy Osiyoning eng kam internetlashgan mamlakatlari deb topildi. Ushbu mavzuga doirt ma’lumotlar Internet World Stats (IWS) tomonidan taqdim etilgan. Bu haqda kun.uz nashri xabar bermoqda.

IWS logotipi. Foto: kun.uz

IWS logotipi. Foto: kun.uz

Tojikiston Osiyo mamlakatlari orasida 25-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Turkmaniston 31-o‘rindan joy olgan. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘istonda – 11-o‘rin, Qirg‘iziston 13-o‘rinda bo'lsa, O‘zbekiston 17-o'rinda.

O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi internet foydalanuvchilari soni 9,8 milliondan oshgan. Ayni vaqtda, aholini tarmoq bilan qamrab olish darajasi 71 foizga yetgan.