O‘zbekiston madaniyat va san’at ko‘rgazmasi zalida Sport anjomlari va uskunalari Respublika ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda uza.uz sayti xabar bermoqda.

foto: uza.uz

foto: uza.uz

O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada mamlakatimizning turli sport mahsulotlari, anjom va uskunalarini ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan kompaniya, firma va korxonalari ishtirok etmoqda.

foto: uza.uz

foto: uza.uz

Ular o‘z mahsulotlarini bir necha yo‘nalishlarda, jumladan, “Sport turlari uchun sport anjomlari, jihozlari, aksessuarlari, to‘shamalar” va “Sport trenajyorlari” bo‘limlarida namoyish etmoqda.