Qishki transfer vaqtida “Manchestr Siti”dan “Milan” jamoasi safiga borib qo'shilgan Mario Balotetlli sobiq ustozi Roberto Manchini haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi.

Balotelli va Manchini Foto: Mirror

Balotelli va Manchini Foto: Mirror

“Siti” uchun Manchinidan yaxshiroq murabbiy yo‘q. Ahamiyatlisi futbolchilar ham uni yaxshi ko‘rishadi” deydi futbolchi The Sun nashriga bergan intervyusida.

“Agar siz jamoadagi futbolchilardan keyingi mavsumda qaysi murabbiyni hohlaysiz deb so‘rasangiz, shubhasiz har biri Manchini deya javob beradi. Manchini nafaqat ular uchun murabbiy, shu bilan birga yaqin do‘st ham. Manchinining muvaffaqiyatlariga e'tibor bering: Angliya kubogi va yaqin qirq yillikdagi birinchi chempionlik. Hatto Fergyusson ham har yili sovrin yutolmaydi, biroq Roberto mavsum daovomida klub qanday holatda bo‘lishdan qat'i nazar, yakunda sovrinli bo‘ladi”.