“Barselona” klubi rahbari Sandro Rosselning aytishicha, Kataloniya klubi Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik o'rnatilishini yoqlab, 2013-yilning iyul oyi oxirlarida Falastin hamda Isroil terma jamoalaridan tashkil qilinadigan terma jamoaga qarshi o'rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi.

Sandro Rossel va Shimon Perez Foto: Daily Mail

Sandro Rossel va Shimon Perez Foto: Daily Mail

“Barselona Isroil hamda Falastin davlat rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlarda tinchlik o‘rnatilishi tarafdori. Ushbu tinchlik yo‘lida biz qurol emas, to‘p bilan yordam berishimiz mumkin” deydi Sandro Rossel.

Sandro Rossel o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi haqida kecha Tel-Avivda Isroil hukumati rahbari Shimon Perez  bilan uchrashuvi chog‘ida e‘lon qilgan.

Isroil futbol federatsiyasi rahbari Avi Luzonning aytishicha, ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi 31 iyul kuni Tel-Avivdagi National Stadium'da o‘tkazilishiga kelishilgan. Shuningdek, Luzon ushbu o‘yin haqida Isroil hukumati bilan muzokaralar yakunlanganini va faqatgina Falastin rahbari Mahmud Abbosning taklifga rozilik berishi qolganini ta'kidladi.

Uchrashuvning o‘tkazilishi haqidagi yakuniy qaror Sandro Rosselning bugun Ramallohda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashuvidan so‘ng e'lon qilinadi.