O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin AQSH da davom etayotgan Memfis turnirining chorak finaliga yo‘l oldi. U avstraliyalik Leyton Hyuittni ikki set yakuniga ko‘ra ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Stadion.uz sayti xabar berdi.

foto: betting.gamblingunited.com

foto: betting.gamblingunited.com

Hamyurtimiz ATP reytingida 107-o‘rinni egallab turgan tennischiga jami 3ta geymda imkoniyatni boy berdi xolos — 6:1, 6:2.

Endi Istomin chorak finalda AQSH lik Maykl Rassel bilan kortga chiqadi. Bu raqib reytingda 86-o‘rinni band etib turibdi.