Ko‘pchilikka ma’lum, Facebook foydalanuvchilarning yosh chegarasi masalasiga jiddiy yondashadi. Eng kichik yosh sifatida 13 belgilangan bo‘lib, foydalanish qonun-qoidalari ko‘ra siz ijtimoiy tarmoqqa noto‘g‘ri ma’lumot kiritishga haqqingiz yo‘q.

Margarita Jozef. Foto: gadgetblog.ru

Margarita Jozef. Foto: gadgetblog.ru

Xullas, 13 yoshdan kichik bo‘lganlar Facebook’da ro‘yxatdan o‘ta olmaydi. Shu bilan birga yuqori yoshning chegarasi ham bor. Bundan ko‘zlangan maqsad ba’zi odamlar hazil tariqasida o‘z yoshini haddan tashqari katta qilib ko‘rsatishining oldini olish.

Agarda o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, nafaqat hazilkashlar, balki yoshi chindan ham yuzdan yuqori bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqqa kirishni istaydigan real odamlar ham bor. Ulardan biri Michiganlik Margarita Jozef bo‘lib, yoshi 104 da. Uning nabirasi buvisi uchun Facebook’da akkaunt ochishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo yoshni ko‘rsatish jarayonida muammo paydo bo‘ldi — tug‘ilgan yil degan joyga "1908" deb yozilishi bilan “noaniq xato” yuz bergani haqida xat keldi.

Shundan keyin Facebook katta yoshning chegarasi qilib 1928-yilni belgilab qo‘ydi. Ma’lum bo‘lyaptiki, Margarita Jozef yoshining kattaligi sababli ijtimoiy tarmoqdan foydalana olmaydi.

Ammo bu masala yuzasidan ko‘plab chiqishlar qilingach Facebook vakillari Margarita xonimdan uzr so‘rashdi va tez orada bu muammoni bartaraf etishga va’da berishdi.