Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zining ashaddiy muxlislariga ajoyib sovg‘a tayyorladi. Lolaning yangi konsert dasturi yozilgan DVD diskda barcha qo‘shiqlarining matni va musiqasi mavjud. Bundan tashqari, mazkur diskda xonandaning muxlislarga atalgan sirli sovg‘asi ham bor. Bu haqda darakchi.uz sayti xabar bermoqda.

foto: uzcinema.com

foto: uzcinema.com

Hafta davomida Lola poytaxtimizning turli joylari hamda tog‘ yonbag‘irlarida yangi “Qaytmaydi” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Klipni taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov hamda Muhammadali Iskandarovlar hamkorlikda suratga olishdi.

Yana bir ma’lumot: shu kunlarda xonandaga ikkita yangi filmda suratga tushish yuzasidan takliflar bildirilgan. Ammo hozircha Lola ularning hech biriga rozilik bergani yo‘q.