Xabaringiz bor o‘tgan haftada yaqin o‘tmishning mashhur futbol yulduzlaridan biri Diego Maradona o‘gilli bo‘ldi va o‘g'liga Diego Fernando deya ism qo‘ydi.

Maradona

Maradona

Ushbu xushxabardan so‘ng, farzandining kelajagi haqida gapirib, Maradona o‘glining keljakda Tiago Messi hamda Benjamin Aguerolar bilan terma jamoada birga to‘p surishlaridan umidvor ekanligini aytib o‘tdi.

"Ulardan biri (Tiago, Benjamin, Fernando lardan biri) yarim himoyachi ampluasida o‘ynaydi. Menimcha Tiago Messi sardorlik qilsa kerak. Benjamin hamda Fernando hujumda birgalikda harakat qilishlari mumkin" deydi Maradona Dubay radiokanallaridan biriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun aytib o‘tish kerakki, yuqorida ismlari keltirilgan kelajak yulduzlari Tiago Messi - "Barselona" yulduzi Lionel Messining o‘g‘li, Benjamin Aguero esa "Manchestr Siti" hujumchisi Serxio Agueroning o‘gli va Maradonaning nabirasi.

Ajab emas yaqin yillarda ushbu trioning ajoyib o'yinlariga guvoh bo‘lsak, nima dedingiz?!