Fransiyaning PSJ klubi 2012/13 yilgi futbol mavsumi yakunlangach o‘z logotipini o‘zgartiradi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.

foto: worldoffootball.ru

Amaldagi logotip. Foto: worldoffootball.ru

Klub rahbariyati yangi emblemaning ko‘rinishini ham taqdim etishdi. Unga ko‘ra o‘rtadagi Eyfel minorasini aks ettiruvchi surat turaveradi. Minoraning pastki qismiga gerald liliyasi joylashtiriladi. U o‘rta asrlarda Fransiyada qirol hukumatining ramzi bo‘lgan.

Yangi logotip. Foto: psg.fr

Yangi logotip. Foto: psg.fr

Bundan tashqari eng pastki qismidagi PSJ ning tashkil etilgan yilini bildirib turuvchi “1970” soni ham olib tashlanadi. Hozirda amalda bo‘lib turgan emblema 2002 yilda ishlab chiqilgan edi.