22-fevral kuni soat 7:38da O‘zbekistonning sharqi, xususan, Toshkentda zilzila kuzatildi. “Kun” internet-nashri “Toshkent” seysmostansiyasidan olgan ma’lumotga ko‘ra, zilzila magnitudasi (kuchi) 4—4,5ga teng bo‘lgan.

Zilzila episentri. Xarita: emsc-csem.org

Zilzila episentri. Xarita: emsc-csem.org

Qozog‘iston milliy ma’lumotlar markazining xabar berishicha, zilzila O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida sodir bo‘lgan.

Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi Toshkent shahridan 13 kilometr g‘arbda joylashgan.