So‘nggi paytlarda o‘zining original ashulalari va internet tarmog‘ida tarqalgan rasmlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortayotgan Munisa Rizayeva Botir Qodirov bilan duet kuylashi mumkin. Bu haqda Qodirov sayyod.uz saytiga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tgan.

kollaj: daryo.uz

kollaj: daryo.uz

“Munisa bilan duet kuylash rejamiz ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda. U kuylashimiz mumkin bo‘lgan duetni studiyada tinglab ko‘rdi. Hozircha bir to‘xtamga kelganimiz yo‘q” dedi Botir Qodirov.

Nima deb o‘ylaysiz, bu duet ijro etiladimi?