Volkswagen rahbariyati yangi mashinalar seriyasini chiqarishga qaror qildi. Yangi avtomashina o‘zining tejamkorligi bilan ajralib turadi. XL 1 deya nomlangan bu avto 100 km masofaga 1 litrdan kamroq yoqilg‘i sarflaydi.

foto: pic.auto.mail.ru

foto: pic.auto.mail.ru

Ushbu mashinaning taqdimot marosimi yaqin kunlarda Jeneva abtosalonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Mashinaning hajmi unchalik katta emas. Uning uzunligi 3888 millimetr. Balandligi esa bir metrdan sal yuqoriroq. XL 1 ning umumiy og‘irligi bor yo‘g‘i 795 kilogramm.