Yaqinda mobil telefonlarda hamda internet olamida xonanda Abdulla Qurbonovning ichki ishlar xodimlar bilan tortishuvi aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu videolavhani kimdir haqiqatdan ham bo‘lgan desa, kimdir soxta uydirma deya munosabat bidirdi. Ushbu voqeaga aniqlik kiritish maqsadida shov-shuv.uz sayti xonandaning o‘zidan intervyu olishga qaror qildi.

Abdulla Qurbonov Foto: shov-shuv.uz

Abdulla Qurbonov Foto: shov-shuv.uz

Jurnalistning ushbu voqea bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi savoliga Abdulla Qurbonov: u ham xom sut emgan banda ekanligi, boshqalar qatori xatolar qilib turishini, o‘sha kuni mastlikda og‘zidan adi kirib badi chiqqanini va voqea haqiqatdan ham u bilan bo‘lganini tan oldi.

Bo‘lgan voqeani hech ikkilanmasdan tan olgan Abdulla Qurbonov jurnalistning "Afsusdamisiz?" degan savoliga quyidagicha javob berdi: "Albatta pushaymondaman. Shu videoni ko‘rgan yoshlar, san'atkorlarga aytmoqchimanki, mening bu xatoimni takrorlamanglar. Biror marta bunday qo‘pollikka bormaganman axir. Hammasiga ichkilik sabab bo‘ldi. Bundan buyog‘iga ichki dardlarimni, unga oshno tutinmasdan yengishga intilaman."

Voqening qanday kelib chiqqani va qanday qilib xonanda ichki ishlar xodimlari qo‘liga tushib qolganini xonanda quyidagicha izohladi: " Bo‘stonliqda to‘ydan so‘ng bir kafeda kabob yeymiz deb, o‘zimiz kabob bo'ldik.  Mastlikdan so‘ng kelib chiqqan janjal nihoyasi ichki ishlar idorasiga olib bordi. Hamma qo‘pollik ichkilik tufayli. Biroq ichki ishlar xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Ular meni tog‘ri yo‘lga boshlashdi. Aybimga yarasha jazo olib, 10 kun ozodlikdan mahrum etildim. Mana shu 10 asrdek ko‘ringan 10 kun ichida ko‘z oldimdan nimalar o‘tmadi deng?! Xullas, hammasiga nuqta qo‘yilgach, oradan ozgina fursat o‘tmay, mana bu ahvol, video tarqalib ketgan!"