2013 yilning may oyida ushbu kompaniya uchta yangi smartfon chiqarishni rejalashtirmoqda. Ularning nomi Archos 48 Platinum, Archos 52 Titanium va Archos 35 Carbon bo‘ladi.

foto: gadgetblog.ru

foto: gadgetblog.ru

Archos 48 Platinum smartfoni Android 4.1 Jelly Bean tizimida ishlaydi. Qolgan ikkita apparatga esa Android 4.0 Ice Cream Sandwich tizimi o‘rnatiladi. Bu smartfonlar ichida Archos 48 Platinum nisbatan yaxshi baholanmoqda. U 4,8 dumlik IPS displeyiga ega bo‘lib, o‘lchami 800x1280. Narxi esa 335 dollarga baholangan.

O‘rta klassdagi Archos 52 Titanium esa kattaroq ekranga ega. Garchi display 5,2 dyum bo‘lsa ham o‘lchami 480х800 pikselga teng. Bu gadjetning narxi hozircha oshkor qilinmayapti.

“Cho‘ntakbop” deya ta’riflanayotgan Archos 35 Carbon 3,5 dyumlik, 320х480 piksel o‘lchamli ekranga ega. Uning narxi taxminan 120 dollar.