Vatandoshimiz Denis Istomin “ATP Memfis” turnirida qatnashayotgani haqida avval xabar bergandik. Kecha yarim final bahsida ispaniyalik Felechino Lopesga qarshi kortga chiqqan Denis imkoniyatni boy berdi.  Bu haqda Stadon.uz sayti xabar bermoqda.

foto: thesport-info.blogspot.com

foto: thesport-info.blogspot.com

Birinchi setni Lopes 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi set esa Istomin hisobiga yozildi — 6:3. Bellashuvda g‘alaba qozonishi uchun Denis uchinchi setni ham yutishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi va oxirgi setda Felechino Lopes 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

“ATP Memfis” turniridagi ishtiroki orqali Denis Istominga 180 reyting ochkosi qo‘shildi. Bu esa unga reytingda kuchli elliktalikka qaytish imkonini berdi.