“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Rayan Giggz Angliya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan “Kuinz Park Reynjers”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahs uning prosessional faoliyatidagi 999-o‘yin bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

foto: thesun.co.uk

foto: thesun.co.uk

2:0 hisobida yakuniga yetgan uchrashuvda Rayan Giggz to‘p kiritib, bellashuvdagi yakuniy hisobni ta’minladi. Ayni paytda 39 yoshda bo‘lgan futbolchi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamayapti. Ya’ni bu natijani yanada yaxshilashi mumkin.