Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirkor ayollar biznes-forumida xotin-qizlarning salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularni ish bilan ta’minlash, oilaviy biznes, tadbirkorlik, fermerlik borasidagi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha atroflicha fikr yuritildi. Bu haqda uza.uz sayti xabar bermoqda.

foto: wcu.uz

foto: wcu.uz

Barcha viloyatlardan kelgan tadbirkor va fermer ayollar ishtirok etgan mazkur tadbir “Tadbirkor ayol” uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Biznes-forum qatnashchilari hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar haqida o‘zaro fikr almashdilar, bir qator tumanlarda bo‘lib, tadbirkor ayollar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.