Madridning “Real” klubi futbolchilari Xabi Alonso va Karim Benzemalar jarohatdan butunlay tuzalib, umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda. Bungacha futbolchilar yakka tartibda shug‘ullanishayotgan edi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

foto: realmadrid.ru

foto: realmadrid.ru

Alonso va Benzema Ispaniya primerosining 25-turidan o‘rin olgan “Deportivo”ga qarshi bo‘lgan bellashuvda aynan jarohat sabab ishtirok eta olishmagandi. Ammo ular tarkibda bo‘lmasa ham madridliklar irodali g‘alabaga erishdilar — 2:1.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda “Real” jamoasi Ispaniya Kubogining 1/2 final doirasida “Barselona”ga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.