Mana bir necha kundirki, bahor — uyg‘onish va yangilanish fasli kirib keldi; kunlar isidi, daraxtlar esa kurtak chiqarish arafasida. Ikki kundan so‘ng esa bahorning ilk bayrami — Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlaymiz. Bu sana arafasida erkaklar o‘z onalari, opayu singillagi, turmush o‘rtoqlari va sevgan insonlariga sovg‘a-salom olish bilan bandlar

1361299850_happy-8-marth

Ushbu sanani e’tibordan chetda qoldirmagani holda, Ona tabiat ham o‘z sovg‘alari bilan ulashmoqda: kunlar isib (naq 26 daraja issiq!), go‘zal qizlarimiz kiyimlari qisqara boshladi. Ammo bu hali hammasi emas! Ona tabiat bu sovg‘adan tashqari aynan 8-mart kuniga zo‘r “syurpriz” tayyorlab qo‘ygan ko‘rinadi.

8-mart kunida qor yog‘adi. Manba: The Weather Channel

8-mart kuni qor yog‘adi. Manba: The Weather Channel

Ana syurpriz-u, mana syurpriz! 8-mart kuni naq -1 daraja sovuq va qor! Nima qilamiz endi, ko‘rgilik-da...

Barcha ayollarni kirib kelayotgan bayram va bahoriy ob-havo bilan tabriklayman! :-)