Shoxruh Xon va Amitabx Bachchan. Manba: bollywood.celebden.com

Shoxruh Xon va Amitabx Bachchan. Manba: bollywood.celebden.com

“Vir va Zara”, “Sevishganlar”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” kabi mashhur filmlarda esda qolarli obrazlarni yaratgan Bollivudning bu ikki superyulduzi 2008-yildan beri kinolarda birga ko‘rinmas edi. Mish-mishlarga qaraganda, buning asosiy sababi ular o‘rtasidagi munosabatga sovuqchilik tushganida ekan.

Joriy yilda esa ular rejissyor R. Balkining yangi kinokartinasida ishtirok etishga o‘z roziligini bildirdilar. Bollywood.celebden.com saytining ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha aynan ikki yulduz uchun yozilgan va filmning qiziqarli ssenariysi katta Bachchanga ham, Shoxruhga ham manzur bo‘lgan.

Film ijodkorlari hozirda kartina nomi va mazmunini sir tutmoqdalar. Biz esa sevimli aktyorlarimiz ijrosidagi yangi filmni kutib qolamiz.