Avval “Gazeta.Uz” nashri xabar berganidek, Toshkent markazidagi “Foton” zavodi va Mitrofanov nomli cho‘milish havzasi hududlari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetiga berilgan va u yerdagi eski binolar buzib tashlangan edi.

TXVU 11 yoshda. Foto: TXVU rasmiy sayti

TXVU 11 yoshda. Foto: TXVU rasmiy sayti

Universitet rasmiy saytida xabar berilishicha, yangi hududlarda universitet talabalari uchun yangi sport majmuasi va o‘quv-tadqiqot korpusi quriladi. Qurilish ishlari 2013-yil tugallanishi rejalashtirilgan

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti. Foto: TXVU rasmiy sayti

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti. Foto: TXVU rasmiy sayti

“Daryo” korrespondenti xabar berishicha, avvalgi Mitrofanov nomli hovuz o‘rnida yangi bino qad rostlayapti. Bugungi kunga kelib binoning uchinchi qavati qurilishi davom etmoqda.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti. Foto: Daryo.Uz

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti. Foto: Daryo.Uz

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, “Umid” fondi va Buyuk Britaniyadagi Vestminster Universiteti hamkorligida 2002-yil tashkil etilgan. Universitet 2012-yilda o‘zining 11-yilligini nishonladi.