Bugun Jeneva avtosalonida Lamborghini kompaniyasi Veneno superkarini namoyish etdi. Veneno atamasi ispan tilidan olingan bo‘lib, “zahar” degan ma’noni anglatadi.

foto: auto.mail.ru

foto: auto.mail.ru

Veneno nomi shunchaki paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ispan korridasida 1914-yilda qatnashgan o‘ta agressiv buqaning nomi Veneno bo‘lgan. Ushbu avtomashina bor yo‘g‘i uch nusxada chiqarildi. Bu Lamborghini’ning 50 yilligiga bag‘ishlangan avto hisoblanadi. Italyan kompaniyasi 1963-yilda o‘z faoliyatini boshlagan.

foto: auto.mail.ru

foto: auto.mail.ru

Superkar 750 ot kuchiga ega. Soatiga 100 km tezlikka erishish uchun 2,8 soniya kifoya qiladi. Maksimal tezlik esa soatiga 355 km’ni tashkil etadi. Mashinaning kelgusi taqdiri qanday bo‘lishi hozir aniq emas. Chiqarilgan uchta avtomobil esa sotib bo‘lingan.

foto: auto.mail.ru

foto: auto.mail.ru