Bir necha yildan buyon saraton kasali bilan kurashgan Venesuela prezidenti Ugo Chaves 58 yoshida vafot etdi. Vitse-prezident Nikolas Maduroning aytishicha dafn qilish marosimi 8-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ugo Chaves Foto: Daily Mail

Ugo Chaves Foto: Daily Mail

Daily Mail'ning Maduroga tayanib xabar berishicha, Chavesning jasadi 8-martgacha Karakasdagi harbiy akademiyada saqlanadi. Chaves vafoti haqida xabar e'lon qilingach, u davolangan gospital yaqinida bir necha mingga yaqin  tarafdorlari prezidentni xotirlashgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Chavesning o‘limi munosabati bilan Argentina hamda Kuba davlatlarida motam e'lon qilingan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Venesuela rasmiysining aytishicha, 30 kun ichida Venesuela prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.