Kecha “Manchester Yunayted” va “Real klublari Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida maydonga tushishdi. Birinchi bellashuvda 1:1 hisobida durang o‘ynagan madridliklar raqib maydonida 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

foto: sports.ru

foto: sports.ru

O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi bo‘lim boshida “Real” himoyachisi Serxio Ramos o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va natijada hisob ochildi 1:0.

56-daqiqaga kelib MYu futbolchilari maydonda bitta kam bo‘lib qolishdi. Raqibiga nisbatan qo‘pol harakat qilgan Nani qizil kartochka oldi.

foto: sports.ru

foto: sports.ru

Bundan ruhlangan “Real” futbolchilari hujumni kuchaytirishdi va Modrich hamda Ronaldu kiritgan gollar evaziga keyingi bosqichga yo‘l olishdi.