Kecha Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bahslari davom ettirildi. Unda Fransiyaning PSJ klubi o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qilgan bo‘lsa, “Seltik” “Yuventus” mehmoni bo‘ldi.

foto: allsport-news.com

foto: allsport-news.com

PSJ Ispaniyadagi birinchi uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Garchi o‘z maydonlarida 1:1 natijasini qayd etgan bo‘lishsa ham, bu keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli bo‘ldi. Jonas “Valensiya”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 11 daqiqa o‘tib Lavezzi hisobni tenglashtirdi.

Italiya chempioni “Yuventus” dastlabki o‘yinda “Seltik”ni o‘z maydonida 3:0 hisobida mag‘lub etgan holda, keyingi bosqich masalasini amalda hal qilishgan edi. Shu boisdan ham javob uchrashuvida ortiqcha bosimsiz harakat qilgan holda Matri va Kualyarella kiritgan gollar evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.