The Times nashrining xabar berishicha, Qatar qirol oilasi yaqin kunlarda yangicha futbol turnir o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Manbada aytilishicha, ushbu turnir Orzu Futbol Ligasi (Dream Football League - DFL) deb nomlanib unda 24 jamoa ishtirok etadi, ularning barchasi Yevropaning kuchli klublaridan iborat bo‘lib, 16 tasi doimiy ishtirokchi hamda  8 tasi esa maxsus taklif qilinadigan jamoalardan iborat bo‘ladi.

atp-dream-football-league-2015

Har ikki yilda yoz oylarida o‘tkaziluvchi OFLda ishtirok etuvchi klublarning har biriga 175 million funtdan mukofot puli beriladi va turnir Qatar davlatida hamda unga yaqin bo‘lgan qo‘shni davlatlarda o‘tkazilishi mumkin.

Timesning ma'lum qilishicha ushbu liganing 16 doimiy ishtirokchilaridan 4 tasi "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Chelsi", "Arsenal" klublari hamda Fransiyaning "PSJ" klubi bo‘lishi ehtimoli bor.

Ushbu turnirning birinchi chempionati 2015 yil yozida o‘tkazilish ehtimoli katta.

Nima deb o‘ylaysiz, ushbu turnir Yevropa Chempionlar Ligasi obro‘siga putur yetkazishi mumkinmi?