Kecha Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi BAAning “Ash-Shabob” jamoasi mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

foto: pakhtakor.uz

foto: pakhtakor.uz

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi taymda mezbonlar jonlanib, uzoqdan xavfli zarbalar yo‘llashdi. Ammo “Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanov o‘z mahoratini namoyish etib, jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa vaqt qolganida jamshid Iskanderov tomonidan kirtilgan gol paxtakorchilarning g‘alabasini ta’minladi.

Ikki o‘yinda g‘alaba qozongan “Paxtakor” futbolchilari 100% lik natija bilan guruhda peshqadamlik qilishmoqda.