Runbo kompaniyasi tomonidan yaratilgan telefon X3 deya nomlangan. Uni eng bardoshli telefon deyish mumkin. Yangi apparatning vazni 321 gramm bo‘lib, issiqlik, sovuq havolar unga ta’sir qilmaydi. Tepadan tushib ketish, suv va chang ham “pisand qilinmaydi”. Undan ratsiya sifatida ham foydalanish mumkin.

foto: gadgetblog.ru

foto: gadgetblog.ru

X3 ning akkumlyatori ham ko‘p quvvatni o‘ziga jamlay oladi. Ya’ni to‘xtovsiz 25 soat gaplashish mumkin. Telefon komlektida antenna ham mavjud. Maxsus dastur yordamida 10 kilometrlik radiusda undan ratsiya sifatida foydalansa bo‘ladi. Ushbu apparatga ikkita SIM-karta joylash mumkin.

foto: gadgetblog.ru

foto: gadgetblog.ru

“Temir” eng zo‘r apparatlar turkumiga kirmaydi, albatta. Ammo bunday  telefonlar uchun 3,5 dyumlik, 800x480 piksellik displey juda ham yaxshi holat. Gadjetga ikki yadroli MediaTek MTK6577 protsessori o‘rnatilgan. Operativ xotirasi 1 GB bo‘lsa, ichki xotira 4 GB (32 GB gacha bo‘lgan microSD kartasini o‘rnatsa bo‘ladi). Telefonda albatta Wi-Fi/GPS/Bluetooth va ikkita —8 va 0,3 megapikselli kamera mavjud.

Bu yangi gadjet Android 4.0 Ice Cream Sandwich operatsion sistemasida ishlaydi. Ushbu yangi apparatning Xitoydagi narxi 350 dollar. Boshqa davlatlarda esa narxi qancha bo‘lishi ma’lum qilinmagan.