Poytaxtimizda “Zo‘r-zo‘r Star” musiqiy loyihasi o‘z ishini boshladi. Hozirda Yoshlar ijod saroyida ishtirokchilarni saralab olish maqsadida kasting o‘tkazilmoqda. Kasting 12—17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: zurzurstar.uz

Manba: zurzurstar.uz

Tanlovning ilk kunidayoq ishtirokchilarga ko‘ngilochar dasturlar, ijro borasidagi qiziqarli mahorat darslari o‘tkazildi. Hakamlar esa dastlabki 400 nafar da’vogarlarni tinglashdi va ular orasida eng zo‘r qatnashchilar tanlab olindi.

Manba: zurzurstar.uz

Manba: zurzurstar.uz

“Zo‘r-Zo‘r Star” musiqiy televizion loyihasining mukofot jamg’armasi katta bo‘lib, u tanlov ko‘lamiga to‘liq mos keladi. Aynan shu mukofotlar g‘oliblarning haqiqiy yulduzga aylanishlariga yordam beradi!

Tanlov sovrinlari quyidagilar:

  • 1-o‘rin: yakkaxon albomni yozish, videoklipni tasvirga olish va Prodyuserlik markazi bilan shartnoma;
  • 2-o‘rin: uyga mo‘ljallangan ovoz yozish studiyasi;
  • 3-o‘rin: o‘rnatilgan “Logic Studio” dasturiga ega iMac.

Mukofotlar bu bilan cheklanib qolmagan, “Zo‘r-Zo‘r Star” musiqiy televizion loyihasi hali ko‘plab kutilmagan sovg‘alarni tayyorlamoqda! Mazkur tanlov haqidagi kerakli ma’lumotlarni www.zurzurstar.uz saytidan olishingiz mumkin.

Manba: zurzurstar.uz

Manba: zurzurstar.uz

Eslatib o‘tamiz, tanlovning bosh homiysi va tashkilotchilari – Fond Forum va Beeline savdo belgisi