Xabaringiz bor, kecha Yevropa Chempionlar Ligasi so‘nggi chorak finalchilari nomi aniqlandi. Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Arsenal”ga 0-2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashiga qaramasdan, mehmonda urilgan gol evaziga chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng londonliklar bosh murabbiyi Arsen Venger bo‘lib o‘tgan o‘yin va raqib haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Arsen Venger

Arsen Venger

So‘nggi minutgacha bizda umid bor edi. Biz ikkinchi golni juda kech urdik, biroq “Bavariya” futbolchilarining asabiylashayotganini sezdik. G‘alaba qozondik, biroq bugun birinchi o‘yindagi yomon o‘yinimizning tovonini to‘ladik. Nimchorak final 180 minut davom etadi va biz shuning birinchi 90 daqiqasida juda yomon o‘yin ko‘rsatdik” deydi fransiyalik mutaxassis.

Shuningdek, “Bavariya”ning Chempionlar Ligasida qanday o‘yin namoyish etishi hamda musobaqada g‘olib chiqa olish ehtimoli haqidaham Venger o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Bavariya” Chempionlar Ligasida g‘olib chiqadimi yo‘qmi bir nima deyolmayman. Biz “Barselona” bilan yaqin yillarda ikki marta o‘ynadik, ishoning, “Barselona” eng kuchli jamoa”.