Dunyo bo‘ylab ommalashgan Gangnam Style va Harlem Shake qo‘shiqlariga rus shou-biznesi yulduzlari javob qaytarishni maqsad qilishdi.

Filip kirkorov. Manba: heat.ru

Filip kirkorov.

Manba: heat.ru

Rossiya estradasining eng mashhur yulduzlari “Ru-ru-ru” nomli qo‘shiqqa olinadigan videoklipda ishtirok etdilar. Rolikda yulduzlar qo‘shiq ijro etib, raqsga tushadilar. Ayni damda, mazkur qo‘shiq ommaviylik va quvnoqlik borasida yuqoridagi raqobatdoshlaridan ham o‘tib ketishi kutilmoqda.

“Ru-ru-ru” qo‘shig‘ininig g‘oyasini RU.TV telekanalining prodyuseri taklif qildi va ukrainalik taniqli reper Potap yangi superxitning so‘zi va musiqasiga mualliflik qildi. Muallif qo‘shiqning Gangnam Style dan ham katta shov-shuvga aylanishiga ishonmoqda. Shuningdek, rossiyaning eng yorqin yulduzlari Nikolay Baskov, Filip Kirkorov, Valeriy Meladze, Nyusha, Polina Gagarina, Dima Bilan ham ushbu rolikda qatnashishga rozi bo‘lishdi.

Dima Bilan. Manba: heat.ru

Dima Bilan.

Manba: heat.ru

Filip Kirkorovning “Ru-ru-ru”dagi ijro etgan raqsi koreyalik PSY ning harakatlaridan qolishmaydi. Rossiyalik yulduzlarning qo‘shig‘i Gangnam Style'ni dog‘da qoldirarmikan?