Bugun FIFA rasmiy saytida terma jamoalarning yangi reytingi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, reytingning yuqori o‘nligida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Ispaniya terma jamoasi 1610 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Germaniya terma jamoasi ikkinchi hamda Argentina terma jamoasi uchinchi o‘rinda bormoqda. Kuchli o'nlikni Rossiya terma jamoasi 1064 ochko bilan yakunlab bergan.

FIFA rasmiy saytidan skrinshot

FIFA rasmiy saytidan skrinshot

O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa fevral oyidagi 57-o‘rinini Eron termasiga bo‘shatib berib, ikki pog‘onaga pastlagan va 536 ochko bilan  59-o‘rinda bormoqda.

 Osiyo qit'asi bo‘yicha 1-o‘rinda Yaponiya terma jamoasi bo‘lsa, Avstraliya terma jamoasi ikkinchi o‘rin hamda Janubiy Koreya uchinchi o‘rinda bormoqda. Terma jamoamiz o‘z o‘rnini Eronga bo‘shatib bergach, Eron to‘rtinchi va O‘zbekiston terma jamoasi 5-o‘rinni egallab turishibdi.