Buenos-Ayres (Argentina) arxiyepiskopi Xorxe Mario Bergolyo yangi Rim papasi etib saylandi. Bu haqda 13-mart kuni kechqurun arxiyepiskop Jan-Lui Toran Vatikandagi Avliyo Pyotr soboridan turib yig‘ilganlarga xabar berdi. Yangi Rim papasi Fransisk I nomini oldi.

Yangi Rim papasi Fransisk I. Foto: Filippo Monteforte / AFP

Yangi Rim papasi Fransisk I. Foto: Filippo Monteforte / AFP

Lenta.Ru xabariga ko‘ra, yangi Rim papasini tanlash uchun besh marotaba saylov o‘tkazilib, beshinchi saylovda yangi papa muvafaqqiyatli tanlangan.

Fransisk I tarixdagi 266-papa bo‘lib, u 1936 yil Argentinada tug‘ilgan. U italyan, ispan va nemis tillarida so‘zlasha oladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi Rim papasi Benedikt XVI fevral oyining oxirida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli o‘z o‘rnidan voz kechgan edi.