Bollivudda bu yulduzlar ijrosidagi rollar sevib tomosha qilinadi. Ko‘plab muxlislarning fikricha, ular aynan bir-birlari uchun yaralganlar. Ammo ularning ishq qissalari baxtli yakun topmadi, juftliklar faqatgina filmlardagina “sevishganlar” bo‘lib qoldilar.

Sanjay Dat va Madhuri Diksit

Manba: bollywood.celebden.com

Manba: bollywood.celebden.com

Bu ikki yulduzning birgalikda ijro etgan rollari  ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Ular o‘z davrining eng munosib juftligi hisoblangan. Mashhurlar sulolasidan bo‘lgan Sanjay Dat sevgisiga iqror bo‘lmasa-da, uning xatti-harakatlaridan Madhurini sevishi sezilib turardi.

Aktrisa 1999-yilda shou-biznes sohasiga umuman aloqasi yo‘q insonga, shifokor Shriram Madhav Nenega turmushga chiqdi. Hozirda ularning Arin va Rayan ismli o‘g‘illari bor. Sanjay Dat ham o‘z oilasi bilan baxtli. Ularning nomi faqatgina filmlarda birga qoldi, halos

Akshay Kumar va Ravina Tandon

Maba: bollywood.celebden.com

Maba: bollywood.celebden.com

Akshay va Ravina Bollivudda juda ko‘p filmlarda sevishganlar rolini maromiga yetkazib ijro etganlar. Ayniqsa, ularning “Vahshiy” filmidagi “Basti-bast” qo‘shig‘i muxlislar qalbidan chuqur joy egalladi. Barcha ularning nikohini intizorlik bilan kutayotgan bir vaqtda, ular ajralganliklari haqida habar berdilar.

Akshay Kumar Rajesh Khanna va Dimpl Kapadiyaning qizi Tvinkl Khannaga uylandi. Ko‘pchilik Tvinklning tashqi ko‘rinishi Ravina Tandonga juda ham o‘xshash ekanligini ta’kidlaydi. Akshay hozir ham Bollivudning eng yorqin aktyori sanaladi. Ravina esa kinoni tark etdi.

Salmon Xon va Ayshvariya Ray

Maba: bollywood.celebden.com

Maba: bollywood.celebden.com

Bollivudning erkatoy yulduzi Salmon Xon hamda dunyo go‘zali Ayshvariya Rayning ishqiy munosabatlari haqida bilmaydigan kishi bo‘lmasa kerak. Ular ijrosidagi “Qalbim senikidir, jonim” filmida Ayshvariya Salmonni tark etib, turmush o‘rtog’i bilan birga qoladi. Qarangki, hayotda ham ular birga bo‘lishmadi. Sevishganlarning aloqalari uzilib, Ayshvariya Vivek Oberoy bilan uchrasha boshladi. Ko‘p o‘tmay esa, aktrisa Abhishek Bachchanga turmushga chiqib, barchani hayratda qoldirdi. Hozirda uning Aradhiya ismli qizchasi bor. Salmon Xon esa jozibali aktrisa Katrina Kaif bilan birga. Oradan ko‘p yillar o‘tganiga qaramay, Salmon va Ayshvariyaning muhabbati hanuzgacha muxlislar yodida.

Shahid Kapur va Karina Kapur

Maba: bollywood.celebden.com

Maba: bollywood.celebden.com

Ko‘pchilik bu ikki yosh o‘rtasidagi iliq munosabatlardan habar topgach, Shahidning Karinaga nisbatan ancha yosh ko‘rinishini tanqid qila boshlashdi. Ular ko‘p kinokartinalarda ketma-ket rollarni ijro etishdi va o‘zaro muhabbatlarini ovoza qilishdi. “Biz uchrashganimizda”, “China town 36” kabi filmlar ularga omad keltirdi. Kutilmaganda, ularning munosabatlari darz ketdi.

Yulduzlarning ashaddiy muxlislari so‘nggi damgacha ularning yarashib olishlarini kutishdi. Voqea esa butunlay o‘zgacha tus oldi: Kapurlar sulolasining erka vakili Karina taniqli aktyor Saif Ali Xonga turmushga chiqdi.

Ranbir Kapur va Dipika Padukone

Manba: bollywood.celebden.com

Manba: bollywood.celebden.com

Bollivudning yosh yulduzlari Ranbir Kapur va Dipika Padukoni bir-biriga uzukka ko‘z qo‘ygandek mos edi. Ranbir aktrisaga bo‘lgan samimiy tuyg‘usini doimo ochiq-oydin ko‘rsatgan. Odamlar esa ularning kelajagini huddi Ranbirning ota-onasi Rishi Kapur va Nitu Singxnikidek tasavvur etishar edi. Ammo qandaydir sababga ko‘ra ularning sevgisiga sovuqchilik tushdi.

Ayni damda har ikki yulduz ham Bollivudning eng qimmat aktyorlari sanaladi.

Maqolani tayyorlashda bollywood.celebden.com internet-nashri materiallaridan foydalanildi.