Subaru kompaniyasi AQShda 200 mingta Outback universali va Legacy sedanini qaytarib olyapti. Kanadada esa bu raqam 25 mingtani tashkil etadi. Bunga sabab tormoz tizimidagi kamchilikdir.

Subaru Outback. Foto: idealforum.ru

Subaru Outback. Foto: idealforum.ru

AQShdagi Xalqaro yo‘l harakati xavfsizligi tashkilotining rasmiy sayitida xabar berilishicha, 2005-2009-yillarda chiqarilgan mashinlar servis xizmatiga muhtoj. Ular shimoliy va markaziy shtatlardan yig‘ib olinyapti. Ma’lumki shimoliy hududlarda ko‘p qor yog‘adi. Buning oqibatida yo‘llarga qor erituvchi tuz sepiladi.

Subaru Legacy. Foto: auto.inkiev.net

Subaru Legacy. Foto: auto.inkiev.net

Tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, tuzli suv tormoz tizimining shlangiga tegishi natijasida tizimda buzilish kuzatilgan. Avariyalar ham sodir bo‘lgan.