Ovchi 40 yildan oshiq vaqt mobaynida 300 dan ortiq yovvoyi hayvon ovlagan va ularni to‘plagan. U o‘z kolleksiyasini ko‘rgazmaga aylantirdi. Ko‘rgazma tarkibida sherlar, fillar va jirafalar ham bo‘lib, bu muzey hozirda 5,3 million funt-sterlinga baholanmoqda.

Jorjes Daust 40 yildan beri hayvonlarni ovlaydi

Jorjes Daust 40 yildan beri hayvonlarni ovlaydi

Hozir Jorjes Daust 75 yoshda. U yer shari bo‘ylab ko‘p bora ekspeditsiyalarga chiqqan. Barcha o‘ljalarini shu sayohatlar davomida o‘z miltig‘ida otgan.

Jufti yo‘q ayiqlar va morjlar

Jufti yo‘q ayiqlar va morjlar

U 40 yil davomida 40 dan ziyod davlatlarda ovchilik qilgan.

Ulkan kolleksiya

Ulkan kolleksiya

Tanzaniyaga sayohati vaqtida unga karkidon hujum qilgan. Xuddi shunaqa holat begemotlar bilan ham bo‘lgan ekan.

“Bilamizki, begemotlar kunduzi quyoshdan qochib suvda yurishadi. Kechqurun esa ovqatlangani chiqishadi. Agar, shu vaqtda ularning oldidan chiqib qolsangiz, sizni ham to‘siq deb o‘ylab, hujum qilib qolishlari mumkin” deydi Jorjes Daust.

Qora karkidon Daustga hujum qilgan

Qora karkidon Daustga hujum qilgan

Hozirda u antilopa ovi uchun Afrika davlariga sayohat uyushtirish haqida o‘ylayapti.

Daust yana ko‘plab sayohatlarni rejalashtirmoqada

Daust yana ko‘plab sayohatlarni rejalashtirmoqda

“Kolleksiyamni milliy yoki markaziy muzeyga topshirish va qilgan ishimning davom etishi meni juda xursand qiladi” deydi 75 yoshli ovchi.

Maqolani tayyorlashda www.thesun.co.uk sayti materiallari va suratlaridan foydalanildi.