Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan avtomobil ko‘rgazmasida Land Rover kompaniyasi o‘zining asosiy yangiligi — Range Rover Sport avtomobilini rasman taqdim etdi. Yangi modelning asosiy o‘zgarishlaridan biri — bu uning avvalgi avlodlariga qaraganda 420 kilogrammga yengilligi hisoblanadi. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, bu avtomobilning yoqilg‘ini kam sarflashi va dinamikasiga ijobiy ta’sir qiladi.

Range Rover Sport. Foto: autonews.ru

Range Rover Sport. Foto: autonews.ru

Range Rover Sport. Foto: autonews.ru

Range Rover Sport. Foto: autonews.ru

Range Rover Sport texnik jihatdan juda mukammal ishlab chiqarilgan. Avtomobilga 3 litrlik, 340 ot kuchiga ega benzin dvigateli o‘rnatilgan. Dizaynda ham bir qancha o‘zgarishlar qilingan bo‘lib, umuman olganda mazkur avtomobil bugungi kun zamonaviy ishbilarmon insonlarning eng yaqin yordamchisi bo‘lishiga shubha yo‘q.

Yangilikni tayyorlashda www.autonews.ru sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.