Ko‘p mamlakatlarda metropoliten — bu oddiy transport vositasi emas. Bu yerda ko‘rgazmalar zali, konkurslar va festivallar tashkil qilinadi. Ba’zi bekatlarga hayratda qoldiradigan me’morchilik va dizayn san’atini ko‘rish uchun tushishga arziydi.

Bootsnall sayyohlik portalli dunyodagi eng chiroyli metropoliten bekatlarini aniqladi:

Kirov zavodi bekati, Sankt-Peterburg, Rossiya

U hashamatliligi va mahobatliligi bilan taassurotlantiradi, o‘zingizni huddi haqiqiy saroyga tushib qolgandek his qilasiz. “Kirov zavodi” bekati 1955 yilda ishga tushirilgan.

Kirov zavodi bekati, Sankt-Peterburg, Rossiya

Kirov zavodi bekati, Sankt-Peterburg, Rossiya

Federal Triangle (“Federal uchburchak”) bekati, Vashington, Kolumbiya okrugi, AQSh

“Federal uchburchak” bekati Vashington metropolitenining ko‘k va to‘q sariq yo‘llarini birlashtiradi. Uning dizayni geometrik shakllari bilan kishini hayratga soladi.

Federal Triangle (“Federal uchburchak”) bekati, Vashington, Kolumbiya okrugi, AQSh

Federal Triangle (“Federal uchburchak”) bekati, Vashington, Kolumbiya okrugi, AQSh

Puhung (“Tiklanish”) bekati, Pxenyan, Shimoliy Koreya

Bu bekat juda ham chuqur qurilgan bo‘lib, poyezdlar 110 metr chuqurlikda qatnaydilar. Sababi, Pxenyanda metropoliten bombapanohgoh vazifasini bajaradi. Puhung (“Tiklanish”) bekati 1973-yida ishga tushirilgan

Puhung (“Tiklanish”) bekati, Pxenyan, Shimoliy Koreya

Puhung (“Tiklanish”) bekati, Pxenyan, Shimoliy Koreya

Puhung bekati o‘zining murakkab bezaklari va chiroqlari bilan mashhurdir. Qandillar esa o‘ziga maftun qiladi

Olaias bekati, Lissabon, Portugaliya

Bekat dizayni  Expo '98 ko‘rgazmasi uchun yaratilgan. Me’moriy loyiha muallifi — Tomas Taveira.

Olaias bekati, Lissabon, Portugaliya

Olaias bekati, Lissabon, Portugaliya

“Oltin darvoza” bekati, Kiyev, Ukraina

“Oltin darvoza” bekati 1989 yida ishga tushirilgan. Bekat qadimiy Kiyev uslubida bezatilgan.

“Oltin darvoza” bekati, Kiyev, Ukraina

“Oltin darvoza” bekati, Kiyev, Ukraina

Changi Airport MRT bekati, Singapur

Bu bekat 2002-yilda ishga tushirilgan va u aeroport terminallarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Bekatda Singapurdagi eng yirik konferens- va ko‘rgazma zallari joylashgan. Metropoliten yo‘lovchilari betakror nur va soya jilvalarini ko‘rishga muyassar bo‘ladilar.

Changi Airport MRT bekati, Singapur

Changi Airport MRT bekati, Singapur

Kennington bekati, London, Buyuk Britaniya

Kennington bekati – bu London metropolitenining eski bekatlaridan biridir. Bekatning ajoyib dizayniga 1890-yildan beri juda kam o‘zgartirishlar kiritilgan.

Kennington bekati, London, Buyuk Britaniya

Kennington bekati, London, Buyuk Britaniya

“Slavyan bulvari” bekati, Moskva, Rossiya

“Slavyan bulvari” bekati haqiqiy knyazlar saroyiga o‘xshaydi. Bekat 2008 yilda ochilgan va shu paytdan beri Moskva metropoliteni javohiriga aylangan.

“Slavyan bulvari” bekati, Moskva, Rossiya

“Slavyan bulvari” bekati, Moskva, Rossiya

Bund Sightseeing metropoliten tunneli, Shanxay, Xitoy

Millionta yorqin chiroqlarga va ranglarga boy tunnel sizda unutilmas taassurotlar qoldiradi. Tunnel Shanxaydagi Pu daryosi ostida joylashgan.

“Bund Sightseeing” metropoliten tunneli, Shanxay, Xitoy

Bund Sightseeing metropoliten tunneli, Shanxay, Xitoy

Bockenheimer Warte bekati, Frankfurt, Germaniya

Bockenheimer Warte bekati — Frankfurtning eng asosiy bekati hisoblanadi. Bu bekat o‘zining ulkanliligi va kosmik uslubida bezatilganliligi bilan hayratga soladi. Bekat qurilishi 1986-yildan 2001-yilgacha davom etgan.

Bockenheimer Warte bekati, Frankfurt, Germaniya

Bockenheimer Warte bekati, Frankfurt, Germaniya

Bayview bekati, Toronto, Kanada

Bayview bekati 2002-yilda ishga tushirilgan. Loyiha mualliflari Stevens Group Architec va rassom Panya Clark Espinal o‘zgacha uslub yaratishgan. Bekat 24 ta “aldamchi” rasmlar bilan bezatilgan.

Bayview bekati, Toronto, Kanada

Bayview bekati, Toronto, Kanada

Uzoqdan ular hajmga ega tuyuladi. Ammo yaqindan qaraganda, ular oddiy ko‘rinishda ekanligini tushunasiz.

Central Park bekati, Gaosyun, Tayvan

Bekat dizayni kungaboqarlar dalasiga juda o‘xshaydi. Loyiha muallifi — britaniyalik ma‘mur Richard Rogers.

Central Park bekati, Gaosyun, Tayvan

Central Park bekati, Gaosyun, Tayvan

T-Centralen bekati, Stokgolm, Shvetsiya

T-Centralen bekati Stokgolm metropoliteni yuragidir.

T-Centralen bekati, Stokgolm, Shvetsiya

T-Centralen bekati, Stokgolm, Shvetsiya

Bu yerda uchta meropoliten yo‘llari kesishgan. Eng qiziqarlisi shuki, 1950-chi yillardan boshlab, bu bekat dizayini ustida 140 dan ortiq rassom ishlagan.

T-Centralen bekati, Stokgolm, Shvetsiya

T-Centralen bekati, Stokgolm, Shvetsiya

Devorlarni nafis havorang naqshlar bilan bezash g‘oyasi shved rassomlari Serie Derkert va Vera Nilsonlarga tegishli.

Formosa Boulevard bekati, Gaosyun, Tayvan

Bu bekatning ikkinchi nomi – “Gumbaz yog‘dusi”. Bekatning eng katta faxri — bu yuzlab rang-barang shisha parchalaridan terilgan naqshdir.

Formosa Boulevard bekati, Gaosyun, Tayvan

Formosa Boulevard bekati, Gaosyun, Tayvan

Terilgan naqshlar ulkan gumbazni hosil qiladi. Gumbazda to‘rtta unsur – suv, yer, yorug‘lik va olov tasvirlangan.

Formosa Boulevard bekati, Gaosyun, Tayvan

Formosa Boulevard bekati, Gaosyun, Tayvan

Champ-de-Mars bekati, Monreal, Kanada

Champ-de-Mars bekati 1966-yilda ishga tushirilgan. Rassom Marsel Ferron yaratgan rangli oynalarga quyosh nurlari tushganda nihoyatda chiroy taratadi.

Champ-de-Mars bekati, Monreal, Kanada

Champ-de-Mars bekati, Monreal, Kanada

Shubhasiz, yuqorida ta’riflangan bekatlar o‘zgacha chiroyi va me’moriy uslubi bilan tahsinga loyiqdirlar, ammo shuni ta’kidlash joizki, jonajon poytaxtimiz metro bekatlari o‘ziga hosligi va milliy me‘morchiligi bilan ulardan aslo qolishmaydi.