9-aprel kuni Eronda yuz bergan 6,3 balga teng zilzilada 37 kishi halok bo‘lgan va 850 nafar kishi jarohat olgan. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi ma’lum qiladi. Tabiiy ofat davomida 80 dan ortiq qayta yer silkinishlari ro‘y bergan.

Foto: ITAR-TASS

Foto: ITAR-TASS

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 ta qishloq butunlay vayron bo‘lgan. Hozirda mamlakatda Qizil Yarim Oy jamiyatining qutqaruv guruhlari faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eron dunyodagi eng xavfli seysmologik  hududlardan birida joylashgan bo‘lib, mamlakatda deyarli hal yili turli kuchdagi zilzilalar bo‘lib turadi. Masalan 2003-yildagi zilzila davomida 25 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Biz mazkur falokat oqibatida jabr ko‘rgan insonlarning oilasi va yaqinlariga o‘z hamdardligimizni izhoz etamiz.