Har kun bizning ko‘zimizga yo‘lda o‘tib ketayotgan avtomobil logotiplari tashlanadi. Chevrolet, BMW, Mercedes-Benz avtomobillari logotiplari kundalik xayotimizda tanish bo‘lib qolgan. Quyida eng mashhur avtomobillar logotiplari tarixi bilan tanishing:

Chevrolet

Chevrolet – General Motors konserninig yengil avtomobillar va pikaplar islab chiqaruvchi yetakchi bo‘limidir. 1911-yilda Uilyam Dyurant Chevrolet Motor Company of Michigan  kompaniyasini tashkil etgan. Kompaniya avtomobillarini birinchi bo‘lib sinovdan o‘tkazgan poygachi Lui Shevrole (Louis Chevrolet) sharafiga kompaniya Chevrolet nomini olgan.

Chevrolet logotipi

Chevrolet logotipi

Audi

To‘rtta uzuk Auto Union konsernini tashkil etgan Audi, Horch, DKW va Wanderer avtomobil ishlab chiqaruvchilari birligi timsoli sifatida 1932 yilda paydo bo‘lgan. Audi lotin tilidan  “tingla” deb tarjima qilinadi.

2

Audi faqat poyga avtomobillari ishlab chiqargan. Shuning uchun 1964 yildan to‘rtta uzuk belgisi ostida ishlab chiqarilgan sport avtomobillariga Audi nomi berilgan.

BMW

1916-yilda Myunxen shahrida BMW aviatsion dvigatellar ishlab chiquvchi zavodi tashkil etilgan.  Shuning uchun, 1917-yilda aeroplanlarda BMWning  moviy-oq parrak belgisi paydo bo‘lgan.

3

1919-yilda Versal shartnomasi tuzilganidan keyin, Germaniyda samolyotlar ishlab chiqarilishi man etiladi va BMW rahbarlariyati ixtisosligini avtomobillar ishlab chiqarishga o‘zgartiradi.

Mercedes-Benz

Mercedes-Benz’ning uch nurli yulduz belgisi 1909 yilda paydo bo‘lgan va uchta unsurni – suv, havo va yerni ifodalaydi.

4

Mercedes-Benz konserni yengil avtomobillar, yuk avtomobillar, samolyotlar va hattoki kemalar ham ishlab chiqaradi.

Maserati

Italiyadagi Bolonya shahri markaziy maydonida Neptun dengiz xudosining haykali 500 yildan beri qad rostlab turibdi.

5

1914-yilda Mario Maserati Neptunning uch ayrili hassasini o‘z kompaniyasining  belgisi qilib oldi.

Lamborghini

Janob Ferruchcho Lamborgininig tug‘lib o‘sgan qishlog‘i atroflarida qachonlardir zotli ho‘kizlar yetishtirishgan. Shuning uchun ham Ferruchcho aynan shu jonivorni  mexanika qudrati ramzi qilib tanladi.

77

Lamborghini azaldan qishloq traktorkari ishlab chiqargan, lekin 1963 yildan boshlab yengil avtomobillar ishlab chiqara boshlagan.

Rolls-Royce

Ingliz lordi Montegyu birinchilardan bo‘lib o‘zining avtomobil kapotiga halok bo‘lgan mahbubasi xotirasiga “parvoz qilayotgan ayol” haykalchasini o‘rnatgan. Haykalchani Frederik Genri Roys va Charlz Styuart Rollslarning shaxsiy buyurtmasiga binoan haykaltarosh Charlz Sayks yaratgan.

8

Bu g‘oya ommaga juda yoqqanligi sababli, 1911-yildan boshlab barcha ishlab chiqarilgan “Rolls-roys”larga shu haykalcha o‘rnatila boshlandi.

Cadillac

Bu logotip – fransuz Antuan de la Motta Kadillakning qabilasining gerbi hisoblanadi. U 1701-yilda hindular hududida Ville d'Etroit (vil Detrua) shahriga asos soldi. Keyinchalik, inglizlar bu shaharni Detroyt deb, ingliz tili yo‘simida talaffuz qila boshlashdi.

9

Alfa-Romeo

Milanda joylashgan poyga avtomobillari ichlab chiqaruvchi zavod Anonima Lombarda Fabbrica Automobili (Lombardiya avromobil zavodi, ochiq kompaniyasi) yoki qisqacha qilib aytganda A.L.F.A, deb nomlangan.

11

1916-yilda kompaniyani Neopolitanlik moliyachi Nikolo Romeo sotib olgan va shu vaqtdan boshlab ALFA’ga Romeo so‘zi qo‘shilgan. Yangi avtomobil kompaniyasinig belgisi Milanning gerb qalqonidan olingan.

Maqolani tayyorlashda autoham.ru, facte.ru, retrobazar.com, driveru.ru, coolfacts.ru, ovtologos.org.ru saytlari materiallaridan foydalanildi.