Ichki bozor masalalari bo‘yicha sobiq Yevrokomissar Frins Bolkesteyn mintaqaning nisbatan barqaror mamlakatlari — Germaniya va Niderlandiyaga yangi milliy valyuta joriy etishni taklif qildi. Bolkesteynning fikricha, Yevrozonadagi holat iqtisodiy muammolarning boshlanishi, oldinda esa mintaqani jiddiy sinovlar kutib turibdi. Agarda kuchli davlatlar boshqa valyuta joriy qilishsa, o‘z holatlarini o‘nglab olishlari mumkin.

Bolkesteynning fikriga ko‘ra, mintaqaning yirik davlatlari alohida yangi valyuta ittifoqini tashkil qilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida mashhur nemis iqtisodchi, yurist va biznesmenlari Yevro raqiblari partiyasini tuzishgan edi. Ularning fikricha, Germaniya Yevropada yuz berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozga tortilmasligi lozim. Buning uchun esa mamlakat moliya-bank va pul-kredit tizimini mahalliylashtirish talab etiladi.

Gamburg universiteti professori Berid Lyuke ta’kidlashicha, “yagona valyuta Yevropaning inqirozdan chiqishiga yordam bermaydi, aksincha u mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotlarini birin-ketin qulatadi”. Shundan kelib chiqib, ayrim mutaxassislar mintaqa davlatlarini o‘z milliy valyutasiga qaytishga chaqirmoqda.

Biz, Daryo nashri muharrirlari, Yevrozona hududida bo‘layotgan voqealarni kuzatishda davom etamiz va yoritib boramiz. Xo‘sh, Yevroga endi nima bo‘ladi ekan?