Dunyoda betakror iste’dodga ega insonlar juda ko‘p bo‘lgan. Ular butun umri davomida antiqa binolar va inshootlar barpo etishgan. Natijada esa, bizlar ularning ajoyib ijod asarlarini hayrat va zavq bilan tomosha qilishga muyassar bo‘lamiz.

Noyshvanshtayn qasri

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: lifeglobe.net

Foto: lifeglobe.net

Noyshvanshtayn qasri― Avstriya chegarasi yaqinida, Germaniyaning Bavariya viloyati janubi-g‘arbida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u qirol Lyudovik II'ning romantik qasridir. Noyshvanshtayn ― “yangi oqqush qoyasi” degan ma’noni anglatadi. Qasrning qurilishi 1869-yilda boshlanib, 1886-yilgacha davom etgan.

Ushbu qasr Bavariya qirolining eng mashhur va haqiqatan ham afsonaviy qasri hisoblangan. Rassom-multiplikator Uolt Disney o‘zining mo‘jizakor kinostudiyasi va “Disneylend”ning ramzi sifatida aynan Noyshvanshtayn qasrini tanlagani bejiz emas.

Chig‘anoq uy

Chig‘anoq uy – bu Karib dengizi havzasida joylashgan eng ajoyib binolardan biridir.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: alamandi-club.com

Foto: alamandi-club.com

Bu uydan turib qaragan insonga Karib dengizining hayratda qoldiradigan manzarasi namoyon bo‘ladi.

Daraxtdagi uy

Aniqrog‘i, bu uy emas, betondan yasalgan daraxt ustidagi restorandir. Bu “daraxtdagi restoranga” tashrif buyurgan mehmonlarni olib chiqish uchun lift ham mavjud.

Restoran Yaponiyadagi Okinava orolida joylashgan va uning nomi Gavani Naxi deb ataladi.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: mirkrasiv.ru

Foto: mirkrasiv.ru

“Jinnixona”

Bu bino 1990-yilda Vyetnam me’mori Dang Vyet Nga tomonidan loyihalashtirilgan. Mazkur bino dastlab ruhiy kasallar shifoxonasi safatida ishlatilgan. Bugungi kunda esa bu yerda mehmonxona, restoran va san’at galereyasi faoliyat yuritadi.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: horofun.com

Foto: horofun.com

Bu yerda g‘orlar, simlardan qilingan ulkan o‘rgimchak to‘rlari, betonli jirafa va boshqa antiqa narsalar mavjud.

Antonio Gaudi uylari

Bino 1904-yilda Ispaniyaning Barselona shahrida eski binoni qayta tiklash natijasida paydo bo‘lgan.

Dunyodagi mashhur me’morlardan biri Antonio Gaud, binoni modern uslubida qayta tiklab, unda naqshinkor toshlar, quyma metal va qadama naqshlardan foydalangan.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: copypast.ru

Foto: copypast.ru

Antonio Gaudining eng mashhur loyihalaridan yana biri “Muqaddas oila ibodatxonasi” cherkovdir. U dunyodagi eng uzoq muddat qurilayotgan bino hisoblanib, deyarli 128 yildan beri ohiriga yetkazilmagan.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: tranio.ru

Foto: tranio.ru

Ideal qasr

Ideal qasr – me’morchilikning shohona asaridan biridir. Fransuz pochtachisi  – Ferdinand Cheval loyihasi asosidi barpo etilgan. Qurilish 1879-yil aprel oyida boshlanib, 1912-yilda tugallangan.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: mestovmire.ru

Foto: mestovmire.ru

Qasr xristian dinidan to induizm dinigacha turli me’moriy uslublarni o‘zida aks ettiradi. Qasrning uzunligi 26 metr, kengligi 14 metr va  balandligi 10 metrni tashkil qiladi.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: mestovmire.ru

Foto: mestovmire.ru

Qo‘ziqorin uy

Usbu uy 1971-yilda Nyu-York shtatida qurilgan. Bino qalpoqchalar yordamida bog‘langan beshta qo‘ziqorinni tashkil qiladi. Har bir qalpoqcha yashash xonasi hisoblanadi. Shunday qilib, bu ajoyib turar joyda uchta yotoqxona va ikkita hammom mavjud.

Dunyodagi g‘aroyib binolar. Foto: trasyy.livejournal.com

Foto: trasyy.livejournal.com

Sizningcha, O‘zbekistonda ham shunday antiqa binolar mavjudmi?