Mazda kompaniyasi vakilari shahar uchun mo‘ljallangan yangi krossoverni taqdim etishmoqchi. CarAdcive ma’lumotlariga ko‘ra CX-3 yapon kompaniyasi tomonidan chiqarilgan krossoverlar ichida eng kichigi bo‘ladi.

foto: caradvice.com.au

foto: caradvice.com.au

Taxminlarga ko‘ra yangi avtomashina 2014-yilda sotuvga chiqariladi. Kelasi yilda yana bir nechta avtombillarni taqdim etish mo‘ljallanmoqda. Bular Mazda2, Mazda3 va MX-5 rodsterlaridir.

Krossoverda SkyActiv texnologiyasidan foydalaniladi. Mashinaning motori haqida ma’lumot berilmagan. Sababi ayni damda avto uchun maxsus yangi dvigatel yaratish ustida ish olib borilmoqda. Aynan shu yangi dvigatel CX-3 ga joylashtiriladi.