Shu kunlarda Toshkent shahrida Chevrolet Lacetti avtomobilining yangilangan modeli sinovdan o‘tkazilmoqda. “Mezon” nashri xabariga ko‘ra, GM Uzbekistan zavodining maxsus qoplamalari bilan qoplangan yangilangan Lacetti avtomobili ochiq shahar sharoitida sinov ishlari olib borilmoqda.

Foto: Mezon.uz

Foto: Mezon.uz

Foto: Mezon.uz

Foto: Mezon.uz

Yangilangan Lacetti 1,5 litr hajmdagi DOHC dvigateli va Tiptronic texnologiyasi bilan ta’minlangan olti pog‘onali uzatuv qutisiga ega.

Bibi.uz saytining ta’kidlashicha, Lacetti'ning mazkur yangi modeli General Motors’ning Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarayotgan  Chevrolet Optra Magnum’ga juda o‘xshash.