Fotoayg‘oqchilar Subaru WRX sedanining navbatdagi seriyasi bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lgan mashinani suratga olishdi. Avto Germaniya trassalaridan birida ko‘rinish bergan. Bu haqda Carscoops.com xabar bermoqda.

foto: Carscoops.com

foto: Carscoops.com

Avtomobil kamuflyaj bilan berkitilgan bo‘lsa ham, u Impreza sedaniga o‘xshash tarzda ishlangan. Ammo undan radiator himoya to‘sig‘i, faralari, spoyler va aerodinamikasi farq qiladi.

foto: Carscoops.com

foto: Carscoops.com

Subaru WRX sedani Nyu-York avtosalonida namoyish etilgandi. Bu avto esa unga o‘xshamaydi. Mantiqan o‘ylab qaraganda, yo bu shunchaki testdan o‘tkazilayotgan avto, yoki yapon kompaniyasi birdaniga ikkita Impreza WRX va WRX / Sti avtomobillarini taqdim etish ehtimoli bor.