Avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Chexiyaning Shkoda kompaniyasi iyun oyining oxiridan boshlab yangilangan Superb sedanini ishlab chiqarishni boshlaydi.

foto: Skoda

foto: Shkoda

Shkoda matbuot kotibi Yojef Blajning bergan ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya Shanxay avtosalonida namoyish etilgan ushbu yangi avtomobilning 110 mingtasini 2013-yil yakuniga qadar sotishni rejalashtirmoqda. Kompaniya vakillarining tasdiqlashicha, 2012-yilda Superb modelining 40 foizi aynan Xitoyda sotilgan.

Yangi Superb modeli yukxonani ochishga mo‘ljallangan TwinDoor tizimi bilan ajralib turadi. Bitta tugma bosilishi bilan sedan liftbekka aylanadi. Ya’ni yukxona eshigi bilan bir qatorda orqa oyna ham ochiladi. Bu esa o‘z navbatida katta hajmdagi yuklarni joylash imkonini beradi.

“Praym” agentligi bergan ma’lumotga tayanadigan bo‘lsak, avtomobil avvalgi versiyaga qaraganda 20 goizga tejamkor. Yana bir ma’lumotni aytish joiz. Chex kompaniyasi 2012-yilda rekord miqdorda — 939200 ta avtomobil sotishga erishdi.