Kompaniya o‘zining yangi TT ultra quattro avtosini Wörthersee Tour nemis tyuning festivalida namoyish etishni rejalashtirmoqda. Ushbu shoukarning vazni odatiy Audi TT dan 300 kg yengilroq bo‘lib, umumiy og‘irligi 1111 kilogrammni tashkil qiladi.

foto: auto.mail.ru

foto: auto.mail.ru

Ushbu natijaga erishish uchun markaziy tonnel, marakaziy tayanch to‘sini, tom qismi va avtomobilning ort qismiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Orqa tarafni ko‘rsatadigan oyna kamera bilan almashtirildi. Salonga R8 GT superkarining sport o‘rindiqlari o‘rnatildi. Akkumlyator maslasida ham odatiy ko‘rinishdan voz kechilgan holda, yangi, zamonaviy ko‘rinishdagisi o‘rnatildi.

Mashina soatiga 100 km tezlikka chiqish uchun 4,2 sekund vaqt sarflaydi. Maksimal tezlik esa soatiga 280 kilometrni tashkil etadi.