Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Opel kompaniyasi Mokka krossoverini yanada takomillashtirdi. Endilikda avtomashinani sotib oluvchilar uning turbo dvigateli yanada kuchayganiga amin bo‘ladilar.

foto: club-mokka.ru

foto: club-mokka.ru

Mexanik boshqaruvdagi tezlik olti bosqichdan iborat. Avtomat tezlik ham olti diapozondan iborat. Yangi versiyaning tarkibiga axborot-ko‘ngilochar Bose tizimi ham kiritilgan. Ushbu krossoverga 19 dyumli diska o‘rnatilgan.

Ayni paytda mashina faqat yevropalik xaridorlarga taqdim etilmoqda. Uning narxi 23 280 yevrodan boshlanadi. Yana bir yangilik sifatida o‘rnatilgan Start/Stop tizimini aytish mumkin. Buning natijasida mashina 100 km masofaga 5,9 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Krossover 100 km tezlikka erishish uchun 9,9 sekund vaqt kerak. Uning maksimal tezligi soatiga 193 kilometrni tashkil qiladi. Opel kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mashinaga 100 000 dan ortiq buyurtmalar kelib tushgan. Bu buyurtmalar asosan Germaniya, Rossiya, Angliya, Italiya va Fransiya davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.