Mazda3 avtomashinasining yangi avlodi 2013-yilning yozida taqdim etiladi. Bu borada kompaniya vakillari qat’iy bayonot berishdi.

foto: funlog.ru

foto: funlog.ru

Yangi avto Frankfurt avtosalonida ikki xil — sedan va besh eshikli xetchbek ko‘rinishida taqdim etiladi. Auto Express nashrining xabar berishicha, Mazda3 ko‘plab mashinalar uchun jiddiy raqobatchi bo‘la oladi.

Yapon sedani Audi A3 avtomashinasi bilan xaridorlar uchun “kurashadi”. Xetchbek raqobatchisi esa VW Golf’ning yettinchi avlodi bo‘lishi aytilmoqda.

Mazda3 avtomashinasi Mazda6 va CX-5 krossoveriga o‘xshash bo‘ladi. Yangi mashina nisbatan yengil va qattiq kuzovga ega bo‘lishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, unga “start-stop” tizimi ham o‘rnatiladi. Mashinaning sotuvga chiqishi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu voqea 2013-yilning oxiri yoki 2014-yilning boshida yuz berishi kutilmoqda.